Jami tashriflar: 13 049 Mijozlar uchun bonus: 993.9 mln so'm
ImkonTop Innovatsion loyihalar platformasi

Foydalanuvchi kelishuvi

Iltimos, qabul qilishdan oldin shartlarni diqqat bilan o'qing.

IMKONTOP PLATFORMASIDAN FOYDALANISH BO'YICHA OMMAVIY OFERTA

Ushbu hujjat "ImkonTop" platformasidan foydalanish shartlarini belgilaydi hamda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-370-moddalariga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Ommaviy oferta "ImkonTop" platformasi (keyingi o'rinlarda - Platforma) tomonidan investorlar, startaplar va mavjud biznes egalari uchun taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish shartlarini belgilaydi.

1.2. Platforma - investorlar va biznes egalari uchun ochiq e'lonlar joylashtirish, loyiha taqdim etish va investitsiya topishga ko'maklashuvchi axborot platformasi hisoblanadi.

1.3. Platforma egasi:

Tashkilot nomi: ImkonTop MCHJ

Manzil: Toshkent sh. Olmazor tumani, Qamarniso 8/1

Telefon: +998 95 668 33 73

1.4. Platformadan foydalanish, ariza yuborish, ro'yxatdan o'tish, to'lovni amalga oshirish yoki "Roziman", "Yuborish", "To'lash" tugmalarini bosish orqali foydalanuvchi ushbu Ofertani to'liq va so'zsiz qabul qilgan (aksept qilgan) hisoblanadi.

2. ASOSIY ATAMALAR

2.1. Platforma - investorlar va biznes egalari o'rtasida aloqa o'rnatish imkonini beruvchi axborot tizimi.

2.2. Foydalanuvchi - Platformada ro'yxatdan o'tgan, e'lon joylashtirgan yoki ariza topshirgan shaxs.

2.3. Investor - loyihalarga mablag' kiritishni istagan shaxs yoki tashkilot.

2.4. Startaper / Biznes egasi - investitsiya jalb qilmoqchi bo'lgan shaxs.

2.5. E'lon - loyiha, investitsiya taklifi yoki biznes bo'yicha ochiq joylashtirilgan axborot.

3. OFERTANI QABUL QILISH (AKSEPT)

3.1. Foydalanuvchi quyidagilarni bajarish orqali Ofertani qabul qiladi:

  • Ro'yxatdan o'tish
  • E'lon joylashtirish
  • Ariza topshirish
  • To'lovni amalga oshirish

3.2. Oferta elektron tarzda tuzilgan yuridik kuchga ega shartnoma hisoblanadi.

4. PLATFORMA FAOLIYATI VA XIZMATLARI

4.1. Platforma asosan quyidagi yo'nalishlarda xizmat ko'rsatadi:

  • Investorlar uchun ochiq investitsiya e'lonlarini joylashtirish;
  • Startap va biznes egalariga o'z loyihalarini e'lon qilish;
  • Investor va biznes egalarini axborot asosida bog'lash.

4.2. Platforma investitsiya jalb qilinishiga kafolat bermaydi.

4.3. Investor va biznes egasi o'rtasidagi shartnomalar Platforma ishtirokisiz, mustaqil tuziladi.

5. TARIFLAR VA TO'LOVLAR

5.1. Platforma xizmatlari bir nechta tariflar asosida ko'rsatiladi.

5.2. Tariflarning amaldagi narxlari faqat Platformaning rasmiy saytida yoki ilovasida ko'rsatilganidek amal qiladi.

5.3. Platforma tarif narxlarini istalgan vaqtda bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega.

5.4. To'lovlar quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:

  • Click, Payme;
  • Bank kartalari;
  • Bank o'tkazmalari.

5.5. Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan HAR QANDAY TO'LOV QAYTARILMAYDI.

5.6. Foydalanuvchi to'lovni amalga oshirish orqali pulni qaytarib bermaslik shartiga to'liq rozilik bildiradi va keyinchalik da'vo qo'zg'ata olmaydi.

6. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Platforma huquqlari:

  • Noto'g'ri e'lonlarni o'chirish;
  • Soxta akkauntlarni bloklash;
  • Xizmatlarni vaqtinchalik to'xtatish.

Platforma majburiyatlari:

  • E'lonlarni joylashtirish imkonini yaratish;
  • Ma'lumotlarni himoyalash.

Foydalanuvchi majburiyatlari:

  • Yolg'on ma'lumot bermaslik;
  • Firibgarlik qilmaslik;
  • Qonunga zid e'lon joylashtirmaslik.

7. JAVOBGARLIK

7.1. Platforma investor qarorlari, foyda yoki zararlar uchun javobgar emas.

7.2. Soxta loyiha, yolg'on axborot uchun foydalanuvchi to'liq javobgar.

8. SHAXSIY MA'LUMOTLAR

8.1. Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi.

8.2. Ma'lumotlar qonun asosida saqlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

9. OFERTAGA O'ZGARTIRISH KIRITISH

9.1. Platforma Ofertani istalgan vaqtda o'zgartirishi mumkin.

9.2. Yangi tahrir saytga joylangandan so'ng kuchga kiradi.

10. NIZOLARNI HAL QILISH

10.1. Barcha nizolar muzokara orqali hal qilinadi.

10.2. Kelishuv bo'lmasa, sud orqali hal etiladi.

11. YAKUNIY QOIDALAR

11.1. Ushbu Oferta saytga joylangan kundan boshlab kuchga kiradi.

11.2. Foydalanuvchi platformadan foydalanish orqali barcha shartlarga to'liq rozilik bildiradi.